Eron, neft va oʻzaro aloqalar: Tramp va Si nimalarni gaplashdi?
Tramp toʻqqiz yil ichida birinchi marta Pekinga tashrif buyurdi. U Si Szinpin bilan muzokaralar olib bordi va uni aʼlo darajada baholadi.

AQSh prezidenti Donald 9 yil ichida ilk bor Xitoyga keldi.
Xitoy Markaziy Televideniyesi (CCTV) maʼlumotlariga koʻra, Xitoy yetakchisi Si Szinpin va AQSh Prezidenti Donald Tramp Pekin markazidagi Zhongnanhai qarorgohida yakkama-yakka uchrashuv oʻtkazishdi.
Rahbarlar Eron atrofidagi vaziyatni, jumladan, Hormuz boʻgʻozini muhokama qilishdi va xalqaro masalalarda yanada yaqinroq hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
"Biz Eronni muhokama qildik. Eronga nisbatan qarashlarimiz juda oʻxshash. Biz bu holatga chek qoʻyishni istaymiz, ularning yadroviy qurolga ega boʻlishini istamaymiz. Biz [Hormuz boʻgʻozi] ochilishini istaymiz. Ular uni yopdilar, lekin biz boʻgʻozlar ochiq boʻlishini va biz ularning bunga chek qoʻyishini istaymiz, chunki bu tentaklik sanaladi", dedi Tramp jurnalistlarga.
Rahbarlarning boshqa bayonotlari:
Tramp Si Szinpinni "juda hurmatli doʻst" deb atadi.
Amerika prezidentining soʻzlariga koʻra, AQSh va Xitoy ikkala mamlakatga ham foyda keltiradigan "ajoyib kelishuvlar"ga erishdilar.
Si Trampga oʻz qarorgohiga tashrif buyurgani uchun gul urugʻlarini vaʼda qildi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Pekin va Vashington xalqaro masalalarda yaqinroq hamkorlik qilishga kelishib oldilar, deb eʼlon qildi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Eronni tezroq diplomatiyaga oʻtishga va mojaroni hal qilishga chaqirdi.
Pekin uchrashuv AQSh-Xitoy hamkorligini rivojlantirganiga va "global barqarorlikka hissa qoʻshganiga" ishonadi.
Avvalroq Tramp Si Szinpin Amerika neftini sotib olishga rozi boʻlganini eʼlon qilgan edi. "Biz Xitoy kemalarini Texas, Luiziana va Alyaskaga yuborishni boshlaymiz. Menimcha, bu biz kelishib olgan yana bir narsa va bu juda muhim", dedi u.
Oldingi oqshom Tramp xitoylik hamkasbi Hormuz boʻgʻozi orqali yuk tashishni taʼminlashga yordam berishga tayyorligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Xitoy Vashington va Tehron oʻrtasida kelishuvga erishishdan manfaatdor.
Chorshanba kuni Tramp toʻqqiz yil ichida birinchi marta Pekinga uchib ketdi. Keyin u Si Szinpin bilan muzokaralar olib bordi va ularni "aʼlo" deb atadi. Trampning tashrifi 13 maydan 15 maygacha davom etadi. Ikki rahbar 2025 yilgi savdo sulhini uzaytirishni muhokama qilishi kutilmoqda. Pekin shuningdek, Amerika mahsulotlarini yangi sotib olishni eʼlon qilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, ikki tomon Xitoyga 500 ta Boeing 737 Max samolyotlarini yetkazib berish boʻyicha kelishuvga erishishi mumkin.
