platina.uz
Jamiyat

25 maydan Prezident maktablariga qabul boshlanadi

Hujjat topshirish 14 iyunga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi. 

25 maydan Prezident maktablariga qabul boshlanadi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2026/2027-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 25 maydan – 14 iyunga qadar topshiriladi.

Hujjat topshirish onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Prezident maktablariga ariza topshirish uchun oʻquvchilarning:

-oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati,

-tugʻilganlik haqida guvohnomasi (yaʼni metrikasi),

- tegishli oʻquv yili natijalariga koʻra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki QR-kod bilan tasdiqlangan elektron tabel,

- ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti maʼlumotlari,

- bogʻlanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.

Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” (aʼlo) boʻlishi lozim.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid