platina.uz
Jamiyat

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

U yer va mol-mulk soliqlari qarzini mansabdor tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga pora olgan. 

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Majburiy ijro byurosining Xiva tuman boʻlimi davlat ijrochisi xizmat mavqeidan foydalanmoqchi boʻlgan. U boʻlim ish yurituvidagi ijro ishi boʻyicha 1995 y.t. fuqarodan undirilishi lozim boʻlgan 4 mln 526 ming soʻm soliq qarzdorligini, shuningdek, unga va uning otasiga nisbatan hisoblangan jami 22 mln 822 ming soʻm yer va mol-mulk soliqlarini mansabdor tanishlari orqali bartaraf qilib berishni vaʼda qilgan. Evaziga 1500 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Fargʻonada mashina gʻildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik topilgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid