platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga boradi

Prezident Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining “Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi. 

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayevning taklifiga binoan 15 may kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Davlatimiz rahbari Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining “Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Tadbir davomida koʻp tomonlama hamkorlikni, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va sunʼiy intellektni amalda qoʻllash borasida yanada kengaytirish xususida soʻz yuritiladi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham muhokama qiladilar.

Tadbir yakunida Turkiston deklaratsiyasini qabul qilish koʻzda tutilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid