Prezidentning yoqilgʻi-energetika masalalari boʻyicha maslahatchisi tayinlandi
Behzod Normatov Prezident administratsiyasida shuʼba mudiri sifatida ishlab kelayotgandi.

Behzod Normatov Prezidentning yoqilgʻi-energetika masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident farmoni eʼlon qilindi.
Behzod Normatov Prezident administratsiyasining Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish boʻyicha loyiha ofisi shuʼba mudiri sifatida ishlab kelayotgandi.
U “Andijonneft” AJ boshqaruvi raisi, Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan. Bir muddat "Oʻztransgaz"ni ham boshqargan.
Avval Prezidentning yoqilgʻi-energetika masalalari boʻyicha vakili lavozimida Alisher Sultonov ishlab kelgan.
