Oʻzbekistonda 10 ta yirik uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyildi
Ular tadbirkorlar faoliyatiga toʻsqinlik qilib, fuqarolar oʻrtasidagi oldi-berdi munosabatlariga faol aralashgan.

Oʻzbekistonda 10 ta yirik uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyildi.
Huquq-tartibot organlarining tezkor boʻlinmalari hamkorligida aprel oyida uyushgan narko-jinoyatchilikka, shuningdek, uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatiga barham berishga qaratilgan kompleks tezkor choralar amalga oshirildi.
Uyushgan guruhiy jinoyatchilikka qarshi kurashish yoʻnalishida oʻtkazilgan manzilli tezkor tadbirlar natijasida 10 ta yirik uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyilib, ularning 10 nafar guruh yetakchilari va 50 nafar aʼzolari qoʻlga olindi.
Ushlangan uyushgan guruhlar 17 ta shahar-tumanda oʻz jinoiy qilmishlarni sodir etgan.
Ular tadbirkorlar faoliyatiga toʻsqinlik qilib, fuqarolar oʻrtasidagi oldi-berdi munosabatlarida faol ishtirok etgan.
Soʻngra ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir qilib kelgan (8 ta talonchilik, 5 ta ogʻir tan jarohat yetkazish, 4 ta bezorilik, 4 ta oʻgʻrilik va boshq.);
Ushbu jinoiy guruhlarning tarkibini asosan muqaddam sudlangan (8 nafar) hamda sportning jangovar turi bilan shugʻullanuvchi shaxslar (4 nafar) tashkil etmoqda.
