Narkojinoiy guruhlarning ikki yetakchisi va oʻnlab aʼzolari qoʻlga olindi
Ushbu guruhlar va yashirin narko-laboratoriyalardan 285 kg narkotik olib qoʻyilgan.

Aprel oyida uyushgan narko-jinoyatlarga (narko-manbalarga) qarshi manzilli tezkor-qidiruv tadbirlar amalga oshirildi.
Unda narkotiklarni oʻtkazish (tarqatish) bilan shugʻullanuvchi 13 ta uyushgan narkojinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi, ularning 2 nafar guruh yetakchilari va 35 nafar aʼzolari qoʻlga olindi.
Bir oyda 4 ta yashirin narkolaboratoriya, 1 ta internet narkodoʻkon rahbari aniqlanib, 1 ta xalqaro darajadagi nazorat ostida yetkazib berish tadbiri oʻtkazildi.
Ushlangan guruhlar oʻrtacha 15 yildan 1 yilgacha vaqt oraligʻida jinoiy faoliyat bilan shugʻullanib kelgan. Ular tomonidan respublikaning 50 ta tuman-shahar aholisi orasida narkotik tarqatgan)
Ushbu fosh etilgan uyushgan narkojinoiy guruhlar va yashirin narko-laboratoriyalardan 285 kg (855 ming doza) anʼanaviy narkotiklar va 410 ming dona psixotrop dori vositalari, shuningdek, narkotiklarni tayyorlashga moʻljallangan 42 litr noqonuniy prekursorlar olib qoʻyildi.
Shu bilan birga ularning narkotiklarni Oʻzbekistonga olib kelish
va aholiga tarqatish xajmi bir yilda oʻrtacha 2,6 mln dona psixotrop dori vositalarni, 1,4 tn “gashish”va “opiy” kabi narkotik moddalarni va 500 gr sintetik narkotiklarni tashkil etadi (xulosa – shuncha narkotik tizimli ravishda tarqalishi oldini olindi).
Tojikiston Respublikasi bilan hamkorlikda 1 marotaba xalqaro darajadagi tezkor tadbirlar amalga oshirildi.
