platina.uz
Jamiyat

Mashina gʻildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik topildi

DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Fargʻonada tezkor tadbir oʻtkazildi. 

Mashina gʻildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik topildi

Avtomashina gʻildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi.

Giyohvandlik vositalari kontrabandasiga qarshi kurashish yoʻnalishida DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Fargʻona viloyati Rishton tumani “Dehqonobod” mahallasida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Xususan, qoʻshni mamlakatdan kelgan “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasining gʻildiraklari ichiga xufiyona tarzda yashirilgan narkotik moddalarni olayotgan vaqtlarida 1974 y.t. avtomashina haydovchisi hamda buyurtmachi hisoblangan Uchkoʻprik tumanida yashovchi, 2000 y.t. shaxs ushlandi.

Avtomashina gʻildiraklari ichiga jami 3 kg 408 gr “opiy” va 16 kg 405 gr “gashish” moddalari yashirilganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga buyurtmachi shaxsning 1980 y.t. otasi ham aloqador ekanligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi.

Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid