Endi IIV akademik litseyiga imtihon topshirishda til sertifikatlari ham qabul qilinadi
Bir semestr davomida uzrli sabablarsiz 72 soat yoki undan koʻp dars qoldirgan oʻquvchilar litseydan chetlashtirilishi belgilandi.

Endi Ichki ishlar akademik litseyiga imtihon topshirishda til sertifikatlari ham qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 12 maydagi 239-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga bir qator muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Oʻzgartirishlarga koʻra, test sinovlarining fanlar majmuasiga kiritilgan chet tili va umumtaʼlim fanlari boʻyicha test sinovlarisiz maksimal ball olish uchun nomzodlar tomonidan qoʻshimcha ravishda quyidagi sertifikatlar taqdim etiladi:
- IELTS 5 ball;
- TOEFL IBT 42 ball;
- CAT PET B1;
- milliy sertifikat V1.
Endilikda IIV akademik litseyi oʻquvchilari oʻquv yili davomida ham oʻqishini boshqa litseyga koʻchirishi mumkin. Bunga oʻquvchi doimiy yashash uchun boshqa hududga koʻchib oʻtganda yoki ota-onasining xizmat joyi oʻzgargan holatlarda ruxsat beriladi.
Bir semestr davomida uzrli sabablarsiz 72 soat yoki undan koʻp dars qoldirgan oʻquvchilar litseydan chetlashtirilishi belgilandi.
Maʼlum darajadagi chet tili sertifikatiga (masalan, IELTS boʻyicha 5 ball, TOEFL boʻyicha IBT 42 ball va boshqalar) ega boʻlgan nomzodlarga test sinovlarisiz maksimal ball berilishi tartibi joriy etildi.
Qaror bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼektlari milliy roʻyxatiga koʻplab yangi obʼektlar (arxitektura va arxeologiya yodgorliklari, diqqatga sazovor joylar) kiritildi. Jumladan:
Qoraqalpogʻistonda: Chimboy tumanidagi "Eski Tosh shifoxona" binosi va Nukus shahridagi I.V.Savitskiy qabri.
Andijon viloyatida: Andijon shahridagi "Qadimgi pochta binosi", "Zobitlar uyi" va boshqa masjid hamda qadimiy binolar.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Adliya vaziri A.J. Toshqulov, Ichki ishlar vaziri A.A. Toshpoʻlatov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.A. Sharipov zimmasiga yuklatilgan.
