platina.uz
Jamiyat

Toshkentda bank xodimlari fuqaroning 500 ming dollar omonatini oʻzlashtirib yuborgani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. 

Toshkentda bank xodimlari fuqaroning 500 ming dollar omonatini oʻzlashtirib yuborgani aniqlandi

Omonat pullarni oʻzlashtirgan bank xodimlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda tijorat bankining masʼul shaxslari fuqaro I.M.ning bank omonatiga qoʻygan 500 000 AQSh dollarini soxta hujjatlar asosida qoʻlga kiritib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid