platina.uz
Iqtisod

Soliq qoʻmitasi savdoda plastik kartalar orqali oʻtkazmalarni tekshirishni boshladi

P2P operatsiyalari orqali tushgan ayrim daromadlar soliq hisobotlarida aks ettirilmasligi natijasida davlat byudjetiga tegishli tushumlar toʻliq shakllanmay qolgan. 

Soliq qoʻmitasi savdoda plastik kartalar orqali oʻtkazmalarni tekshirishni boshladi

Soliq qoʻmitasi savdo obʼektlarida plastik kartalar orqali oʻtkazmalarni tekshirishni boshladi.

Ayni paytda soliq organlari tomonidan savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi ayrim xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda savdo amaliyotlari P2P— plastik kartadan plastik kartaga pul oʻtkazmalari orqali amalga oshirilayotgan holatlar tahlil qilinmoqda.

Bunday operatsiyalar orqali tushgan ayrim daromadlar soliq hisobotlarida aks ettirilmasligi natijasida davlat byudjetiga tegishli tushumlar toʻliq shakllanmay qolayotgani aytilgan.

Shu munosabat bilan soliq organlari tomonidan yuridik shaxslarda faoliyat yurituvchi rahbar xodimlarning bank plastik kartalariga kelib tushgan mablagʻlar yuzasidan tahliliy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Aniqlangan holatlar asosida soliq hisobotlarida aks ettirilmagan daromadlar boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda hamda soliq toʻlovchilarga xabarnomalar yuborilmoqda.

"Soliq organlari barcha tadbirkorlik subʼektlarini amaldagi qonunchilikka qatʼiy rioya qilishga, savdo tushumlarini toʻliq rasmiylashtirishga va soliq hisobotlarida haqqoniy aks ettirishga chaqiradi", deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid