platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev "SOCAR" va "British Petroleum" rahbariyatini qabul qildi

"SOCAR" kompaniyasi Ustyurt platosidagi uglevodorod konlarini oʻzlashtirish loyihasini amalga oshirishda Oʻzbekistonning sherigi hisoblanadi. 

Shavkat Mirziyoyev "SOCAR" va "British Petroleum" rahbariyatini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni “Oʻzbekiston energetika haftaligi – 2026” forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjonning “SOCAR” kompaniyasi bosh direktori Ravshan Najaf hamda “British Petroleum” kompaniyasi rahbariyati Ariel Flores va Jovanni Kristofolini qabul qildi.

Uchrashuvda energetika va neft-gaz sohasida yetakchilardan hisoblangan ushbu yirik kompaniyalar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Energetika sohasidagi kooperatsiya muvaffaqiyatli kechayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

“SOCAR” kompaniyasi Ustyurt platosidagi uglevodorod konlarini oʻzlashtirish loyihasini amalga oshirishda Oʻzbekistonning sherigi hisoblanadi. “SOCAR”ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasini ochish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Ushbu keng koʻlamli loyihaga “British Petroleum” kompaniyasi qoʻshilganiga yuksak baho berildi.

Neft-gaz sohasida uglevodorod xomashyosini qidirish, qazib olish va chuqur qayta ishlash, neft va neft mahsulotlarini uzoq muddatli yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish hamda tarmoq uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma loyihalarni ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi raisi sifatida ham faoliyat yuritayotgan Ravshan Najaf davlatimiz rahbariga 2027 yilda Oʻzbekiston va Ozarbayjonda yoshlar oʻrtasidagi U-20 jahon chempionatini oʻtkazishga birgalikda tayyorgarlik koʻrishdagi koʻmagi uchun minnatdorlik bildirdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid