"Paxtakor" futbolchisiga AQSh vizasi berish rad etildi
"Paxtakor" va Iroq termasi jamoasi himoyachisi Zaid Tahsin Jahon chempionati oldidan jiddiy muammoga duch keldi.

"Paxtakor" futbolchisiga AQSh vizasi berish rad etildi.
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi himoyachisi Zaid Tahsin Jahon chempionati oldidan muammoga duch keldi.
Iroq futbol federatsiyasi aʼzosi Gʻolib Al-Zameli Shafaq News nashriga bergan intervyusida Iroq terma jamoasining besh nafar futbolchisiga Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQSh vizasi berilmaganini aytdi.
"Paxtakor" futbolchisidan tashqari, Ibrohim Bayesh, Muhannad Ali, Haydar Abdul-Karim va Ali Al-Hamadiyga ham AQSh vizasi berilmagan.
Al-Zamelining soʻzlariga koʻra, rad etish sabablari hali ham nomaʼlum. Iroq futbol federatsiyasi vaziyatni tezda hal qilish uchun FIFA bilan bogʻlanish niyatida.
Federatsiya vakili shuningdek, besh nafar futbolchining barchasi yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati oldidan Iroq terma jamoasining muhim qismi ekanligini taʼkidladi.
