Orif Boʻtayev yangi lavozimda ish boshladi
MKbank boshqaruvi raisi boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan xayrlashuv tadbiri tashkil etildi.

Bugun “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisi Orif Aliboyevich Boʻtayev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan xayrlashuv tadbiri tashkil etildi.

Orif Aliboyevich 2020 yildan buyon boshqaruv raisi sifatida samarali faoliyat yuritib, qatʼiy, masʼuliyati, boy tajribasi bilan bank rivoji, zamonaviy xizmatlarni kengaytirish hamda jamoa salohiyatini oshirish yoʻlida munosib hissa qoʻshdi.

MKbank jamoasi O.Boʻtayevga bildirilgan ishonch, oqilona rahbarlik va koʻp yillik mehnati uchun samimiy tashakkur bildirib, kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilaydi.
