platina.uz
Iqtisod

Markaziy bankka oid qonun loyihasi koʻrib chiqildi

Loyiha bilan moliya bozorida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar sharoitida tezkor huquqiy choralar koʻrish maqsadida Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini kuchga kirishiga oid qoidalar belgilanadi. 

Markaziy bankka oid qonun loyihasi koʻrib chiqildi

Markaziy bank faoliyati takomillashtirilaldi.

Qonunchilik palatasi majlisida Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirish, uning mustaqilligi va bank tizimi barqarorligini taʼminlashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan Markaziy bank, uning hududiy bosh boshqarmalari va uning tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarori asosida yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjat loyihalarini majburiy kelishish hamda kredit tashkilotlari uchun prudensial normativlarni, korporativ boshqaruvni, tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir va boshqa talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini soddalashtirish taklif etilmoqda.

Shu bilan birga, qonun loyihasi bilan moliya bozorida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar sharoitida tezkor huquqiy choralar koʻrish maqsadida Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini kuchga kirishiga oid qoidalar belgilanmoqda.

Deputatlar mazkur qonun loyihasi bank tizimidagi tavakkalchiliklarni samarali boshqarish, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish va zamonaviy xalqaro amaliyotlarni joriy etishda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladilar.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid