Ikki bank va toʻlov tashkilotiga jarima qoʻllanildi
Ular oʻrganishlar jarayonida qonunchilik talablariga muvofiq ishlamagan va qator kamchiliklar aniqlangan.

Markaziy bank ikki bank va toʻlov tashkilotiga jarima qoʻlladi.
Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan 2026 yilning aprel oyidagi yigʻilishlar (jami 6 marotaba) davomida 30 ta masala koʻrib chiqildi va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida jami 21 ta masala, jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish (4 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (1 ta), banklarda audit oʻtkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish (1 ta), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini koʻrib chiqish (15 ta) bilan bogʻliq masalalar koʻrildi.
Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 9 ta masala koʻrib chiqildi.
Xususan, Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlar talablarining bajarilishi, bank va nobank kredit tashkilotlarida oʻtkazilgan inspeksiya hamda oʻrganishlar natijalari muhokama qilindi.
Qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat tashkil etilmaganligi hamda inspeksiya va oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllanildi.
