platina.uz
Jamiyat

Sudya katta yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi

U  sudlanuvchilarga nisbatan aniqlangan zarar miqdorini qayta baholash toʻgʻrisida sud ajrimi chiqarish, ularga ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlatish vaʼdasi evaziga pul soʻragan. 

Sudya katta yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi

Sudya katta yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi.

Surxondaryo viloyati sudining sudya katta yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda boylik orttirmoqchi boʻldi.

U jinoyat ishlari boʻyicha Angor tuman sudi ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha 2 nafar sudlanuvchiga nisbatan aniqlangan 6,3 mlrd soʻmlik zarar miqdorini qayta baholash toʻgʻrisida sud ajrimi chiqarish orqali kamaytirib, ularga ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlatish va dastlabki tergov davrida qoʻllanilgan “qamoq” ehtiyot chorasini bekor qildirishni vaʼda bergan.

Evaziga sudlanuvchilarning qarindoshidan 53 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid