platina.uz
Jamiyat

Kogon tumani hokimi oʻrinbosari qoʻlga olindi

Amaldor ekin maydonlariga keladigan suvni ochib berish va kelgusida bu borada muammo boʻlmasligi eevaziga pora talab qilgan. 

Kogon tumani hokimi oʻrinbosari qoʻlga olindi

Buxoroda hokim oʻrinbosari pora bilan ushlandi.

Jumladan, Buxoro viloyati Kogon tumani hokimi oʻrinbosari oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda, tamagirlik yoʻli bilan 12 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Maʼlum boʻlishicha, Buxoro tumanida shartnoma asosida dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi fermer “Qum Sulton” massivida joylashgan ekin maydonlariga Kogon tumani hududi orqali keladigan suv toʻxtatib qoʻyilgani sababli, ekin yerlarini suv bilan taʼminlashda yordam berishini soʻrab ushbu hokim oʻrinbosariga murojaat qilgan.

Mansabdor shaxs esa ekin maydonlariga keladigan suvni ochib berishini va kelgusida bu borada muammo boʻlmasligini aytib, evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilgan.

Hozirda tuman hokimi oʻrinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid