Azizbek Oʻrunovga yana bir lavozim yuklatildi
U shu paytgacha Prezidentning Jahon savdo tashkiloti boʻyicha vakili sifatida ishlab kelmoqda.

Oʻrunov Azizbek Allaberganovich oʻrindoshlik asosida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Mazkur qoʻmita sohada nazorat oʻrnatish maqsadida yangi tashkil etilgandi.
Oʻrunov shu paytgacha Prezidentning Jahon savdo tashkiloti boʻyicha vakili sifatida ishlab kelmoqda.
Shuningdek, Elyor Xolmatovich Talaboyev qoʻmita raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu paytgacha Prezident administratsiyasi rahbari kotibiyati bosh inspektori edi.
Furkat Zakirovich Jalilov esa qoʻmita raisiga oʻrinbosar boʻldi. U bungacha Prezident administratsiyasi huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti bosh inspektori lavozimida edi.
