7,2 mlrd soʻmdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilishlari aniqlandi
Ular orasida Quva va Guliston tuman obodonlashtirish boshqarmalari, maktab-internatlar xaridlari bor.

7,2 mlrd soʻmdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar yuzasidan tegishli choralar koʻrildi.
Raqobat qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan davlat xaridlari sohasida amalga oshirilgan monitoring va kelib tushgan murojaatlarni oʻrganishlar natijasida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Xususan:
Toshkent shahar
- “Ma’no” MChJ tomonidan oʻtkazilgan 1 ta 988 mln soʻmdan ortiq eng yaxshi takliflarni tanlash savdosida;
Surxondaryo viloyati
- Shoʻrchi tumanidagi 125-sonli «Nurli maskan» taʼlim muassasasining 1 ta 1,1 mlrd soʻmdan ortiq;
- Shoʻrchi tumani viloyat kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati davlat muassasasining 1 ta 371 mln soʻmdan ortiq;
- Shoʻrchi tumanidagi 68-sonli maktab-internati davlat muassasasining 1 ta 226 mln soʻmga yaqin;
Sirdaryo viloyati
- Guliston tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 1 mlrd soʻmdan ortiq;
Qashqadaryo viloyati
- Qarshi shahar Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatining 364 mln soʻmga yaqin;
Andijon viloyati
- Baliqchi tuman 2-son texnikumi 800 mln soʻm;
Fargʻona viloyati
-Quva tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 2 ta 2,5 mlrd soʻmdan ortiq eng yaxshi takliflarni tanlash va tanlov (tender) savdolarini oʻrganish natijasida Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, yaʼni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar aniqlangan.
Yuqoridagilarga muvofiq, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari maxsus komissiyalari tomonidan qonun talablari buzilishi alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir choralari qoʻllanildi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, ayrim holatlarda moliyaviy jarima qoʻllash hamda huquqiy baho berish uchun tegishli organlarga yuborish bilan birga, kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.
