platina.uz
Jamiyat

Oybek Ashurov Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi

Viloyat hokimining avvalgi oʻrinbosari Ilhom Saparov Jarqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlangan. 

Oybek Ashurov Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi.

Ashurov Oybek Qurbonovich Surxondaryo viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Oybek Ashurov 1988 yil Sherobod tumanida tugʻilgan. 2011 yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – huquqshunos. Malaka darajasi — 3-darajali xizmatchi.

U mehnat faoliyati davomida turli yillarda Sherobod va Shoʻrchi tumanlari hokimliklarida turli vazifalarda, xususan, hokim oʻrinbosari lavozimida, shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi Ijro nazorati boʻlimi boshligʻi lavozimida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati hokimligi Ijro apparati rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Maʼlumot uchun, viloyat hokimining avvalgi oʻrinbosari Ilhom Saparov Jarqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlangan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid