"Barselona" "Real"ni yengib, muddatidan avval chempion boʻldi
Kataloniya klubi ketma-ket ikkinchi yil kubokni qoʻlga kiritdi va 29-marta Ispaniya chempioniga aylandi.

"Barselona" Ispaniya La ligasining 35-turida oʻz uyida "Real Madrid"ni magʻlub etdi.
"Kamp Nou" stadionida boʻlib oʻtgan oʻyin 2:0 hisobida yakunlandi. Birinchi boʻlimda gollarni Markus Reshford va Ferran Torres kiritishdi.
"Klassiko"dan oldin "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning otasi vafot etdi. Germaniyalik murabbiy oʻyinni oʻtkazib yubormadi.
"Barselona" 91 ochko toʻpladi va uchta oʻyin qolganida Ispaniya chempioniga aylandi. Ikkinchi oʻrindagi "Real Madrid" 77 ochkoga ega.
Kataloniya klubi ketma-ket ikkinchi yil kubokni qoʻlga kiritdi va 29 marta Ispaniya chempioni boʻldi. "Real Madrid" ushbu musobaqada rekord darajadagi 36 marta gʻalaba qozongan.
