“Xotira nuri” kitobining ikkinchi jildi nashr etildi
Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Shahnoza Mirziyoyeva tashabbusi bilan amalga oshirildi.

“Xotira nuri” — bu bizga tinch osmonni hadʼya etgan avlodga boʻlgan chuqur minnatdorlik ramziga aylangan yirik milliy tashabbusdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Shahnoza Shavkatovna Mirziyoyeva tashabbusi bilan “Xotira nuri” kitobining ikkinchi jildi nashr etildi.
“Xotira nuri” — bugun ham oramizda yashab, oʻz jasorati bilan tinchlik qanday ulkan qurbonliklar evaziga qoʻlga kiritilganini eslatib turuvchi faxriylarning tirik xotiralari jamlangan kitobdir.
Kitobning ikkinchi jildida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabalari tomonidan butun mamlakat boʻylab toʻplangan yangi xotiralar jamlandi.
Loyiha faqat kitob bilan cheklanib qolmadi. Gʻalaba bogʻi hududida “Xotira nuri” memorial makoni barpo etildi. Onlayn platforma va QR-kodlar orqali faxriylar hikoyalari bugun har bir inson, ayniqsa yoshlar uchun yanada yaqin boʻldi.
“Xotira nuri” bizga eng muhim haqiqatni eslatadi: tinch hayot, orzu qilish va kelajak qurish imkoniyati — avvalgi avlodlar jasoratining natijasidir.
