platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi

Oʻzaro savdo hajmi barqaror oshib borayotgani, sanoat, energetika, metallurgiya va boshqa tarmoqlarda loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi. 

Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi

8 may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari Gʻalabaning 81 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutladilar.

Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini avvalgi oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzaro savdo hajmi barqaror oshib borayotgani, sanoat, energetika, metallurgiya va boshqa tarmoqlarda loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlash surʼatini saqlab qolish va ustuvor tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish, shuningdek, hududlar darajasida faol aloqalarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvni yanada taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston va Rossiya rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid