Rossiyaga joʻnatilgan oʻzbek pomidorlarida xavfli virus topilgani aytildi
Bu virus pomidor va qalampir ekinlarining 70% gacha yoʻqotilishiga olib keladi va juda tez tarqaladi.

Rossiyadagi oʻzbek pomidorlarida xavfli virus aniqlandi. Bu haqda "Federal salomatlik va hayvonlarni asrash" markazi sinov laboratoriyasi xodimlari maʼlum qilgan.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, Oʻzbekistondan keltirilgan 20 tonnalik pomidor yukida oʻta xavfli patogen, jigarrang ajinlar virusi aniqlangan.
Kasallangan pomidorlarni import qilish taqiqlangan va yuk qaytarilishi yoki yoʻq qilinishi kerak.
Shuni taʼkidlash kerakki, aniqlangan virus Virgaviridaeʼning Tobamavirus oilasiga tegishli.
Bu virus pomidor va qalampir ekinlarining 70% gacha yoʻqotilishiga olib keladi va juda tez tarqaladi.
