Prezident Moskvada qator davlat rahbarlari bilan uchrashdi
Ular orasida Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso, Malayziya Podshohi Sulton Ibrohim va Laos Prezidenti Txonglun Sisulit va boshqalar bor.

Prezident Moskvada qator davlat rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi.

Davlat rahbarining ushbu tantanali marosimda ishtiroki umumiy Gʻalabani taʼminlashga munosib hissa qoʻshgan millionlab insonlar xotirasiga hurmat ifodasi boʻldi.

Shu bilan birga, Prezidentimizning xorijiy tashriflari nafaqat xalqaro tadbirlarda ishtirok etish, balki xorijiy yetakchilar bilan ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish uchun ham muhim imkoniyatdir.
Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan birga Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso, Malayziya Podshohi Sulton Ibrohim va Laos Prezidenti Txonglun Sisulit bilan ham suhbatlar oʻtkazdi.
Soʻngra, prezident Oʻzbekistonga qaytib keldi.
