Italiyaning Oʻzbekistondagi sobiq elchisi qoʻlga olindi
U Rossiya fuqarolaridan viza berish evaziga pul olishda ayblangan.

Italiyaning Oʻzbekistondagi sobiq elchisi qoʻlga olindi.
Italiyaning La Republica gazetasining yozishicha, 2025 yil dekabr oyida lavozimidan chetlatilgan elchi Pergabriele Papadia de Bottini di Sant-Aneze Shengen vizalarini noqonuniy berish sxemasini tashkil qilishda, noqonuniy immigratsiyaga yordam berishda va korrupsiyada gumon qilinmoqda.
Tergov maʼlumotlariga koʻra, Papadia oʻzining yordamchisi Tatyana Tarakanova bilan birgalikda Rossiya fuqarolariga, hatto ular Shengen hududiga kirish uchun qonuniy talablarga javob bermasa ham, uzoq muddatli turistik vizalar (bir yildan uch yilgacha) berish tizimini tashkil qilgan.
Viza berishda yordam uchun Papadia va Tarakanova har bir kishi uchun 4000 dan 16000 yevrogacha soʻrashgan.
Ushbu sxemada uchta Moskva sayyohlik agentligi ishtirok etgan: Happy Travel, Visa4you va Park Lane. Hammasi bir xil manzilda roʻyxatdan oʻtgan. Xabar qilinishicha, kamida 95 kishi noqonuniy ravishda viza olishga muvaffaq boʻlgan.
Ishdan boʻshatilishiga olib kelgan tekshiruv davomida Papadianing oʻzi "pulga muhtoj" ekanligini aytdi.
