Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga joʻnab ketdi
Prezident Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 81 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga joʻnab ketdi.
Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 81 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
