platina.uz
Siyosat

Prezident Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

Davlat rahbari Qurolli Kuchlar Bosh harbiy klinik gospitalida Akmal ota Akramov, Vera Juravskaya, Hasanboy ota Xalmatov va Vladimir Alekseykov bilan suhbatlashdi. 

Prezident Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini ziyorat qilib, bayram bilan tabrikladi.

Davlat rahbari Qurolli Kuchlar Bosh harbiy klinik gospitalida Akmal ota Akramov, Vera Juravskaya, Hasanboy ota Xalmatov va Vladimir Alekseykov bilan dildan suhbatlashdi. Nuroniylarning hol-ahvoli va salomatligi bilan qiziqdi. Ularning mashaqqatli hayot yoʻli hamda koʻrsatgan jasoratlarini alohida eʼtirof etdi.

– Sizlar tarixning jonli guvohi, matonat timsolisizlar. Sizdek tabarruk insonlar bilan uchrashish, oʻgitlaringizni tinglash bizga katta maʼnaviy kuch bagʻishlaydi. Xalqimiz sizlar bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bugungi tinch va ozod kunlar, avlodlarning baxtiyor istiqboli sizlarning mislsiz fidokorligingiz mahsulidir. Sizlarning ibratli hayot yoʻlingiz yoshlarimiz uchun haqiqiy matonat maktabidir, – dedi Prezident.

Prezidentning joriy yil 16 apreldagi qaroriga muvofiq, urush va mehnat faxriylariga yuksak darajada ehtirom koʻrsatilmoqda.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari davlatimizning doimiy gʻamxoʻrligida. Ularga moddiy va maʼnaviy koʻmak berish barobarida salomatliklarini tiklash uchun respublikamizning eng yaxshi sanatoriylariga imtiyozli yoʻllanmalar ajratilgan.

– Yaratgan sizlarga vatanparvarlik va fidokorona mehnatingiz mukofoti sifatida uzoq umr, el-yurt ardogʻida yashash baxtini ato etgan. Sizlarning duolaringiz yurtimiz uchun omonlik, ishlarimizga barakadir, – dedi Prezidentimiz.

Uchrashuvda nuroniylar yurtimizda tarixiy xotirani tiklash, keksalarni eʼzozlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid