platina.uz
Iqtisod

Endi bankdan hujjatsiz 500 dollargacha naqd valyuta olish mumkin boʻladi

Mazkur yangi tartib 3 oydan keyin kuchga kiradi.

Endi bankdan hujjatsiz 500 dollargacha naqd valyuta olish mumkin boʻladi

Endilikda bankdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz 500 dollargacha naqd chet el valyutasini olish mumkin boʻladi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bu haqidagi idoraviy hujjat 2026 yil 8 mayda davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 2886-12).

Endilikda mijozlar bankdan 500 AQSh dollarigacha boʻlgan naqd chet el valyutasini pasport, ID-karta yoki ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjatlarsiz olishlari mumkin.

Mazkur yangi tartib 3 oydan keyin kuchga kiradi.

Amaldagi tartibga koʻra ushbu summa 100 AQSh dollarini tashkil etadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid