Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etildi
Agentlik toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Adliya vazirligi huzurida Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi hamda uning hududiy boʻlimlari tashkil etiladi.
6 may kuni “Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Agentlik toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Agentlikning toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, ushbu sohani nazorat qilish va tartibga solish;
- toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish.
