Tahlil: naqdsiz oldi-sotdi islohoti ijara narxlariga kuchli taʼsir etmadi
Ijara bozori umumiy koʻrsatkichda barqaror koʻrinsa-da, talab 1-2 xonali va nisbatan arzonroq segmentlarga siljigan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan Toshkent shahridagi uy-joy ijara bozori OLX platformasidan yigʻilgan 1,7 milliondan ortiq eʼlonlar asosida tahlil qilindi.
2026 yil 1 apreldan uy-joy oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklga oʻtdi. Tahlilga koʻra, bu oʻzgarish ijara bozorida darhol kuchli narx sakrashiga olib kelmadi.


Umumiy median ijara narxi:
2026 yil mart: $550
2026 yil aprel: $550
Oylik oʻzgarish: 0%
2025 yil aprelga nisbatan: 0%
Eʼlonlar sonida ham keskin burilish kuzatilmadi:
2026 yil yanvar-mart oʻrtacha: 22,6 ming
2026 yil aprel: 22,8 ming
Oʻzgarish: +0,8%
Xonalar kesimida esa bozor ancha farqli harakat qilmoqda:
1 xonali: $400, yillik oʻsish +14,3%
2 xonali: $550, yillik oʻsish +10,0%
3 xonali: $700, yillik pasayish -12,5%
4+ xonali: $850, yillik pasayish -26,1%

Ijara bozori umumiy koʻrsatkichda barqaror koʻrinsa-da, talab 1-2 xonali va nisbatan arzonroq segmentlarga siljimoqda.
Nisbatan qimmat hududlar:
Mirobod: $800
Shayxontohur: $750
Yakkasaroy: $700
Nisbatan arzon hududlar:
Bektemir: $390
Sergeli: $400
Uchtepa: $400
Eng yaxshi ijobiy dinamika:
Olmazor: +12,5%
Mirzo Ulugʻbek: +9,1%
Premium hududlarda narxlarda yumshash:
Shayxontohur: -25,0%
Mirobod: -11,1%
Yakkasaroy: -6,7%
Xulosa:
Investorlar uchun: naqdsiz oldi-sotdi islohoti hozircha ijara narxlari sakrashiga olib kelmagan va ijara bozorida spekulyativ qayta baholashdan qochish lozim.
Ijarachilar uchun: 3-4+ xonali uylar boʻyicha muzokara imkoniyati oshgan, kichik segmentda esa tez qaror qabul qilish kerak.
Mulkdorlar uchun: narxlar shahar medianasiga emas, xona soni va hududga qarab belgilanmoqda.
Tahlillar OLX ochiq eʼlonlari asosida tayyorlandi. 2026 yil aprel oyi islohotdan keyingi birinchi oy boʻlgani uchun, yakuniy taʼsirni baholashda 2026-yil 2-3-choraklardagi tendensiyalar monitoringi muhim.
