platina.uz
Jamiyat

Raqamli texnologiyalar vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Ayubxon Sultonov Prezident Administratsiyasida moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt departamentida faoliyat olib borgan. 

Raqamli texnologiyalar vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Raqamli texnologiyalar vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, Sultonov Ayubxon Orifxon oʻgʻli Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ayubxon Sultonov Buyuk Britaniyaning Kardiff Metropolitan universitetida tahsil olgan.

Shuningdek, u Raqamli texnologiyalar vazirligida boshqarma boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt departamentida faoliyat olib borgan.

Avvalgi oʻrinbosar Olimjon Umarov Bosh vazir kotibiyati rahbarining oʻrinbosari boʻldi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid