platina.uz
Sport

PSJ YeChL finaliga yoʻl oldi

Hal qiluvchi oʻyin 31 may kuni Budapeshtda “Arsenal”ga qarshi boʻlib oʻtadi.

PSJ YeChL finaliga yoʻl oldi

Yevropa chempionlar ligasi yarim final javob oʻyinida PSJ jamoasi “Bavariya” mehmoni boʻldi va durang oʻynadi.

Birinchi oʻyindan farqli oʻlaroq bu gal ikkala juftlik ehtiyotkor oʻynadi. Ammo parijliklar oʻyini ancha ishonchli chiqdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Kvaratsxeliya qanotdan yorib kirib, Dembelega chiroyli pas berdi. “Oltin toʻp” sohibi bunday uzatmani uvol qilmadi va hisobni ochdi. Faqatgina 90+4-daqiqada Keyn hisobni tenglashtirdi.

Birinchi oʻyin bilan solishtirganda jangovarlik u qadar koʻzga tashlanmadi. PSJ hujumda ham, himoyada ham “Bavariya”ni ortda qoldirdi.

Endi 31 may kuni Budapesht shahrida oʻtadigan final oʻyinida “Arsenal” va PSJ oʻzaro kuch sinashadi.

YeChL, yarim final, javob oʻyini

“Bavariya” – PSJ 1:1 (birinchi oʻyin 4:5)

Gol: Keyn 90+4 - Dembele 3.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid