platina.uz
Jamiyat

Fuqarolarni yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi belgilandi

Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega boʻlgan turar joy mulkdori ulardan faqat bittasiga yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi. 

Fuqarolarni yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi belgilandi

Fuqarolarni yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi belgilandi.

Hukumat qarori (224-son, 05.05.2026 y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisida” nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.

Fuqaroni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish har ikki tomon (mulkdor va fuqaro) ishtirokida amalga oshiriladi va ularning roziligi "Face-ID" yoki "Mobile-ID" tizimi orqali tasdiqlanadi.

Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega boʻlgan turar joy mulkdori ulardan faqat bittasiga yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.

18 yoshga toʻlmagan fuqaro ota-onasi yoki ulardan biri yoxud vasiysi (homiysi) roʻyxatdan oʻtkazilgan manzilda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Fuqaro yangi yashash joyiga kelgan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi va turar joy mulkdori uni yashash joyi yoki turgan joyi manziliga roʻyxatdan oʻtkazish uchun vakolatli organga xabar berishi shart.

Fuqarolar yoki turar joy mulkdori roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻzlariga qulay boʻlgan joydagi vakolatli organ yoki davlat xizmatlari markazlari, "Aqlli" migratsiya shoxobchalari orqali shaxsan yoxud YaIDXP, "E-xabar berish" tizimi orqali onlayn tarzda murojaat qilishlari mumkin.

Oʻzbekistonning kuyidagi hududlarida fuqarolarning erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqi cheklanishi mumkin:

- chegara zonasida;

- yopiq harbiy shaharchalarda;

- yopiq maʼmuriy-hududiy tuzilmalarda;

- favqulodda holat yoki safarbarlik eʼlon qilingan hududlarda va boshqalar.

Fuqaro yangi yashash joyiga kelgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida roʻyxatdan oʻtishi shart boʻladi. Uy egasi fuqaroni oʻz manziliga roʻyxatdan oʻtkazish uchun vakolatli organga xabar berishi kerak.

​Roʻyxatdan oʻtish fuqaroda mazkur uy-joyga nisbatan mulk huquqini keltirib chiqarmaydi.

Elektron soʻrovnomalar 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Qoʻshimcha tekshirish zarur boʻlsa, bu muddat 3 kungacha uzaytirilishi mumkin. FHDYo organi tugʻilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish vaqtida bolani avtomatik ravishda otasi yoki onasining yashash joyiga roʻyxatdan oʻtkazadi. Bunda uy mulkdorining roziligi talab etilmaydi.

Ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyilganda, ijarachilar 1 yildan ortiq boʻlmagan muddatga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda soliq tizimidagi tasdiq mulkdorning roziligi deb hisoblanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid