Dilmurod Xudoyshukurov Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi
Tayinlovga qadar Jizzax viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Jizzax viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi.
Jizzax viloyati hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.
Xudoyshukurov Dilmurod Xolmurodovich - Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Jizzax viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
