Amir Temur xiyoboni atrofida transport harakati sxemasi oʻzgaradi
Temuriylar muzeyi va "Oʻzbekiston" mehmonxonasi yonida turistik avtobuslar uchun maxsus toʻxtash joylari tashkil etiladi.

Amir Temur xiyoboni atrofida transport harakati sxemasi oʻzgartiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
"Brodvey"dan Xiyobonga oʻtishdagi temir panjaralar olib tashlanadi va piyodalar uchun oʻrniga aqlli svetofor oʻrnatiladi.
Maxtumquli va Amir Temur koʻchalari kesishmalarida piyodalar uchun xavfsizlik orolchalari tashkil etiladi va tartibga solish svetoforlari joriy qilinadi.
Temuriylar muzeyi va "Oʻzbekiston" mehmonxonasi yonida turistik avtobuslar uchun maxsus toʻxtash joylari tashkil etiladi.
Yangi sxema orqali aylanma yoʻlning oʻtkazuvchanligi soatiga 6 000 ta avtomobilgacha oshadi (hozir 5 600 ta).
