platina.uz
Siyosat

Tarixiy adolat: 161 nafar qatagʻon qurboni oqlandi

Ular "bosmachilik harakatlariga moddiy yordam berishda, qurolli toʻda tuzishda, sovet hokimiyatiga qarshi qoʻzgʻolonlar hamda aksilinqilobiy harakatini amalga oshirganlikda" ayblangan. 

Tarixiy adolat: 161 nafar qatagʻon qurboni oqlandi

Tarixiy adolat: yana 161 nafar qatagʻon qurboni oqlandi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.

Tarixiy adolatni tiklash, mustabid tuzum davrida nohaq ayblangan, mol-mulki musodara etilib, oʻzlari quvgʻinu qatagʻonga duchor etilgan ajdodlarimiz nomini oqlash yoʻlida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha Oliy sudga Turkfrontning Fargʻona qoʻshinlar guruhi Harbiy kengashi qoshidagi Fargʻona maxsus boʻlimi hamda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1920-1934 yillardagi qarorlariga koʻra bosmachilik harakatlariga moddiy yordam berishda, qurolli toʻda tuzishda, sovet hokimiyatiga qarshi qoʻzgʻolonlar hamda aksilinqilobiy harakatini amalga oshirganlikda ayblangan bir guruh vatandoshlarimizga oid jinoyat ishlari kelib tushib, ishchi guruh tomonidan oʻrganib chiqildi.

Bugun boʻlib oʻtgan ochiq sud majlislarida Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 8 ta jinoyat ishi boʻyicha 161 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining oqlov hukmlari chiqarildi.

Oqlanganlar roʻyxati ushbu havolada keltirilgan.

Eslatib oʻtamiz, keyingi yillarda sovet davrida qatagʻon qilingan 1 236 nafar vatandoshimiz reabilitatsiya qilinib, oqlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid