platina.uz
Siyosat

Qirqdan oshiq oʻzbekistonlik Erondan qaytarildi

Ular Turkmaniston koʻmagi bilan “Saraxs–Seraxs” va “Gaudan–Bajgiran” chegara oʻtkazish punktlari orqali keltirildi. 

Qirqdan oshiq oʻzbekistonlik Erondan qaytarildi

Qirqdan oshiq oʻzbekistonlik Erondan qaytarildi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi bir guruh vatandoshlarning Erondan Turkmaniston orqali tranzit yoʻli bilan qaytishini taʼminladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Oʻzbekistonning Ashxobod va Tehrondagi diplomatik vakolatxonalari Turkmanistonning tegishli idoralari bilan hamkorlikda viza va transport-logistika masalalarini tezkorlik bilan hal qildi.

Turkmaniston tomonining koʻmagi bilan 41 nafar Oʻzbekiston fuqarosi “Saraxs–Seraxs” va “Gaudan–Bajgiran” chegara oʻtkazish punktlarida kutib olingan.

Diplomatik xodimlar tomonidan ularning vatanga xavfsiz yetib kelishi taʼminlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid