Qashqadaryo viloyati hokimiga ikki oʻrinbosar tayinlandi
Shuhrat Muratov Qashqadaryo viloyati hokimi oʻrinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi.
Muratov Shuhrat Kaxarovich — Qashqadaryo viloyati hokimi oʻrinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Shuxrat Muratov 1978 yilda Qarshi shahrida tugʻilgan. Qarshi davlat universitetini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Qarshi shahridagi “Alp Texno Servis” xususiy korxonasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Amanov Oybek Anvarovich — Qashqadaryo viloyati hokimining choʻl hududlari va agrar sohaga investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Oybek Amanov 1984 yil Dehqonobod tumanida tugʻilgan. U Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
U tayinlovga qadar Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
