platina.uz
Jamiyat

Buxoroning tarixiy yubiley sanasi aniqlanadi

Tarixiy manbalarni oʻrganish va izlanishlarga koʻra, shahar tarixi amalda qayd etilgan 2500 yildan koʻproq davrni tashkil etishini aytilgan. 

Buxoroning tarixiy yubiley sanasi aniqlanadi

Buxoro shahrining tarixiy yubiley sanasini aniqlash boʻyicha muhim chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu haqda viloyat hokimi Botir Zaripovning farmoyishi eʼlon qilindi. Hujjat 2026 yil 6 mayda qabul qilingan.

Unga koʻra, Buxoro davlat universiteti, Buxoro texnika universiteti, viloyat madaniy meros boshqarmasi, Buxoro davlat muzey qoʻriqxonasi, tarixchi va ekspertlarning Buxoro hududida olib borilayotgan ilmiy-arxeologik tadqiqotlar, tarixiy manbalarni oʻrganishlari va izlanishlar natijalariga asoslangan holda amalda qayd etilgan shahar tarixi 2500 yildan koʻproq davrni tashkil etishini etiborga olib, haqiqiy qadimiy davri (yubiley sanasi)ni aniqlashtirish ishlarini belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqish haqidagi taklifi maʼqullandi.

Farmoyish bilan viloyat hokimining oʻrinbosarlari, yetakchi tarixchi olimlar, arxeologlar va YuNESKO boʻyicha mutaxassislardan iborat nufuzli ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.

Endilikda Buxoroning "uch ming yillik tarixini" ilmiy asoslash va YuNESKOga tegishli nominatsiya hujjatlarini tayyorlash vazifasi qoʻyildi.

Shaharning qadimiy yoshini targʻib qiluvchi hujjatli filmlar va yirik madaniy tadbirlar tashkil etiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid