"Arsenal" YeChLning ilk finalchisiga aylandi
Uchrashuv taqdirini yagona gol hal etdi. Ikkinchi finalchi nomi Germaniyada aniq boʻladi.

Londonning "Arsenal" klubi YeChL ilk finalchisiga aylandi.
Yevropa Chempionlar Ligasining 2025/2026-yilgi mavsumi yarim final javob bahsi yakunlandi.
Uchrashuv taqdirini yagona gol hal etdi. Uni birinchi taym oxirida Bukayo Saka kiritdi. Golgacha biroz ehtiyotkor oʻynagan jamoalar ikkinchi taymda hujumlarni kuchaytirdi.
Ammo muxlislarga boshqa gol koʻrish nasib etmadi.
“Arsenal” — “Atletiko Madrid” 1:0 (Birinchi oʻyin - 1:1)
Endi "Arsenal" finalda "Bavariya" -PSJ oʻyini gʻolibi bilan oʻynaydi.
