Yulduz Usmonovaning AQShdagi konserti bekor qilindi
Avvalroq qator amerikalik siyosatchilar uning Isroil haqidagi soʻzlari uchun uzr soʻrashni talab qilishgandi.

Oceana Theater maʼlumotiga koʻra, Yulduz Usmonovaning 2026 yil 9 mayga belgilangan konserti bekor qilindi.
Avvalroq Usmonovaning Isroilga qarshi bayonotlari sabab konsertni bekor qilish tashabbusi ilgari surilgandi.
Shuningdek, Yulduz Usmonovaning oʻzi 9 may kuni "Okean" teatrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan Nyu-Yorkdagi chiqishi bilan bogʻliq janjal haqida fikr bildirdi.
"Agar siz sionistlar, men uzr soʻrayman deb oʻylasangiz, siz qattiq adashasiz", dedi Usmonova.
Xonandaning soʻzlariga koʻra, noroziliklarning kuchayishi mahalliy siyosiy jarayonlar va saylovlar bilan bogʻliq va qarama-qarshilikning oʻzi shunchaki "uning mashhurligi uchun ishlaydi".
"Men hatto sizda boshqa hech qanday ish yoʻqligidan va hamma menga qarshi toʻplanganingizdan xursandman. Bu men sizni chindan ham hayratda qoldirishim mumkinligini anglatadi", deb qoʻshimcha qildi u.
Nutqi davomida qoʻshiqchi Falastin-Isroil mojarosi haqidagi fikrlarini takrorladi.
Avvalroq, amerikalik siyosatchilar Maykl Novaxov va Bryus Bleykman xonandani antisemitizmda ayblab, AQSh Davlat departamentidan uning vizasini bekor qilishni talab qilib, nafrat nutqida ayblashgan edi.
