Xitoyda feyerveyk fabrikasi portladi, 26 kishi halok boʻldi
Xitoy yetakchisi Si Szinpin hodisa sabab tergov oʻtkazishni buyurdi. Korxona rahbari qoʻlga olingan.

Xitoyning markaziy qismidagi feyerveyk fabrikasida sodir boʻlgan portlash 26 kishining hayotiga zomin boʻldi va 61 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy Sinxua axborot agentligi xabar berdi.
Portlash Xunan provinsiyasining Changsha okrugi tarkibiga kiruvchi Liuyang shahridagi Huasheng zavodida sodir boʻldi. Voqea joyiga 480 dan ortiq qutqaruvchi, jumladan, uchta qutqaruv roboti yuborildi. Voqea joyi ikkita qora kukun ombori yaqinida joylashganligi sababli, qutqaruvchilar yaqin atrofdagi aholini evakuatsiya qilishdi va yana bir portlashning oldini olish uchun bufer zonasini yaratdilar.
Xitoy yetakchisi Si Szinpin bedarak yoʻqolganlarni qidirish va yaradorlarni qutqarish uchun saʼy-harakatlarni talab qildi.
Shuningdek, u tergov oʻtkazishni talab qildi. Kompaniya rahbari allaqachon politsiya tomonidan hibsga olingan. Portlash sababi hali aniqlanmagan.
