platina.uz
Jamiyat

Sogʻliqni saqlash vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Otabek Imamov vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Sogʻliqni saqlash vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Sogʻliqni saqlash vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi.

Prezidentning qarori bilan:

Otabek Sunnatovich Imamov sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Jaloliddin Sharafutdinovich Asamutdinov sogʻliqni saqlash vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Adxam Yusupovich Xudaykulov sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Sherzod Dilmuratovich Muxamedov sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Ilxomjon Oʻrinboy oʻgʻli Umrzaqov sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari – Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish departamenti direktori lavozimidan ozod etildi.

Prezidentning qarori bilan:

Alisher Shukrullayevich Boboyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bila sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan;

Elmira Irkinovna Basitxanova boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimidan;

Farxodjon Muxammadjonovich Tashpulatov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid