Sogʻliqni saqlash vaziri oʻzgardi
Asilbek Xudoyorov boshqa ishga oʻtgani uchun lavozimidan ozod etilgan.

Eldor Erkinovich Adilov sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident farmoni imzolandi.
Bunga qadar u Prezident administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti shoʻba mudiri lavozimida ishlagan.
E.Adilov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.
Asilbek Xudoyorov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Sogʻliqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etilgan. U 2024 yil fevralda tayinlangan edi.
