Fermer 800 mln soʻmga yer sotmoqchi boʻlganda ushlandi
U oʻziga tegishli xoʻjalikning 7,7 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga pul talab qilgan.

Fermer 7,7 gektar yerni 800 mln soʻmga sotmoqchi boʻldi.
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjalik rahbari mazkur xoʻjalikning 7,7 gektar yer maydonini 1972 y.t. fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 800 mln soʻm talab qilib, muqaddam 520 mln soʻm olgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 280 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
