platina.uz
Siyosat

Markaziy Osiyo turizm halqasi tuziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashi 59-yigʻilishining ochilish marosimida shu haqda taklif kiritdi.

Markaziy Osiyo turizm halqasi tuziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashi 59-yigʻilishining ochilish marosimida Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtiradigan turistik makon – “Markaziy Osiyo turizm halqasi”ni yaratish tashabbusini ilgari surdi.

“Yaqinda Toshkent shahrida ochilgan Markaziy Osiyoning ilm-fan va maʼnaviy xazinasi sifatida eʼtirof etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda barpo etilgan buyuk alloma Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi yurtimizning yangi durdonalariga aylandi. Bunday majmualar qoʻshni mamlakatlarda ham bunyod etilmoqda”, dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev qoʻshni davlatlar, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa hamkorlarni turizmni rivojlantirish boʻyicha loyihalar portfelini shakllantirib, birgalikda moliyalashtirishga chaqirdi.

“Dunyodagi notinchlik tufayli millionlab sayyohlar xavfsiz yoʻnalishlarni qidirmoqda. Markaziy Osiyo ziyorat, madaniy, gastronomik, etno, ekstremal, tibbiyot kabi turizm yoʻnalishlarida katta salohiyatga ega”, dedi Prezident.

Oʻzbekiston mazkur sohaga alohida eʼtibor qaratib, zarur infratuzilma, servis, viza va transport, eng muhimi, sayyohlar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirdi. Buning hisobiga oʻn yil ichida Oʻzbekistonga xorijiy turistlar oqimi 6 karra oshib, 12 million nafarga yetdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid