AQShda Yulduz Usmonovaga qarshi kampaniya boshlandi
Bunga xonandaning antisemitizm boʻyicha bayonotlari sabab boʻlgan. Usmonovaning vizasini bekor qilish boʻyicha AQSh davlat kotibiga soʻrov joʻnatildi.

9 may kuni Nyu-Yorkning Brayton-Bich tumanida konsert berishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga qarshi kampaniya boshlandi.
Nyu-York shtati gubernatorligiga nomzod, Nassau okrugi gubernatori Bryus Bleykman va Nyu-York shtati assambleyasi aʼzolari Maykl Novaxov va Alek Bruk-Krasni sanʼatkorning chiqishiga qarshi chiqishdi.
Kampaniya tashkilotchilarining soʻzlariga koʻra, ular Yulduz Usmonovaga uning ommaviy antisemitizm bayonotlaridan voz kechishni va uzr soʻrashni taklif qilishgan. Biroq xonanda rad javobini bergan.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubioga Usmonovaning barcha AQSh vizalarini bekor qilishni soʻrab xat yuborildi.
Bugun (4 may) Nyu-Yorkda ushbu kampaniyaga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
