Abdusamad Doʻrmonov vafot etdi
U 1994 yil Xirosimada oʻtgan Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi edi.

Futbol faxriysi Abdusamad Doʻrmonov vafot etdi.
U Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi, "Neftchi" safida besh karra Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.
Shuningdek, 1994 yil Xirosimada oʻtgan Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi unvoni va "Shuhrat" medalini qoʻlga kiritgan.
Doʻrmonov faoliyati davomida "Surxon", "Neftchi" klublarida oʻynagan. Soʻnggi vaqtlarda "Neftchi" murabbiylari shtabida ishlagan.
